So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda yangi statistika portali ishga tushirildi
Portalni ishlab chiqishda Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Qozogʻiston va boshqa rivojlangan davlatlarning tajribasi oʻrganilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi.
Portal rasmiy statistika maʼlumotlar yagona bazasini shakllantiradi, maʼlum bir davr boʻyicha maʼlumotlarni elektron formatlarda olish imkoniyatini yaratadi.
SIAT - rasmiy statistikani eʼlon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida soʻrovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi va bu esa, oʻz oʻrnida xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi. Portal rasmiy statistika maʼlumotlar yagona bazasini shakllantiradi
Hozirgi kunda SIAT axborot tizimida 19 ta yoʻnalishda jami 1 700 dan ortiq rasmiy statistik koʻrsatkichlar, 10 yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30 yillik makrokoʻrsatkichlar 5 yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integratsiya qilish uchun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirildi va doimiy ravishda yangilab boriladi.
Portalni ishlab chiqishda Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Qozogʻiston va boshqa rivojlangan davlatlarning tajribasi oʻrganilgan. Oʻzbekiston Respublikasi statistika portalidan oʻzbek, rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.
SIAT axborot tizimi tegishli vazirlik va idoralar uchun zarur statistik maʼlumotlarni integratsiya yoʻli bilan elektron axborot almashinishni yoʻlga qoʻyish hamda quydagi bir qator vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqildi:
- maʼlumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish;
- raqamli statistik maʼlumotlar manbalarini yagona maʼlumotlar omboriga toʻplash;
- integratsiya platformasi (REST-API) asosida axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
- maʼlumotlarni vizual tasvirlash (jadval, grafik, diagramma, kartogramma) modulini joriy etish;
- statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilar uchun yagona veb-interfeys joriy etish.
Portalda maʼlumotlarni interaktiv grafik, gistogramma va diagrammalar koʻrinishida solishtirish, shuningdek, reyting shakllantirish va koʻrsatkichlar oʻrtasidagi munosabatlarni belgilash modullari joriy etilgan.
SDMX standarti asosida har bir statistik koʻrsatkich boʻyicha metamaʼlumotlarning tizimga joylashtirilganligi foydalanuvchilarga koʻrsatkich birinchi bor eʼlon qilingan, yangilangan sana, uning birlamchi manbasi, hisoblagan organ va uslubiyoti, masʼul boʻlinma va xodim toʻgʻrisida hamda shu kabi boshqa maʼlumotlarni olish imkonini beradi.