So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Mehriddin Abdullayev masʼullarga anomal sovuq kunlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriq berdi
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi boshchiligida qish mavsumida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz hamda neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, qazib chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soʻzsiz bajarish masalalariga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida qish mavsumida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz hamda neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, qazib chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soʻzsiz bajarish masalalariga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, yigʻilish avvalida, 2022-yilning dekabr oyida qazib chiqarish hajmini oshirish borasida qilingan ishlar oʻz natijasini berib, 16 ta quduq ishga tushirilgani hamda boshqa chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, kunlik qoʻshimcha 3,0 million kub metr gaz qazib chiqarishga erishilgani taʼkidlab oʻtilgan.
Qish mavsumida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash uchun barcha masʼullarning majburiyatlari belgilab berilgan boʻlib, bu borada boshqarma va barcha korxonalar rahbarlari oʻz vazifasini sidqidildan bajarishi, aksincha intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi maʼlum qilindi.
2023-yilning 9-11-yanvar kunlari Oʻzbekistonda anomal sovuq boʻlishi aytilayotgan bir davrda “Oʻzbekneftgaz” AJ jamoasi oldida turgan masʼuliyat yanada oshishi, shu sabab konlarda, quduqlarda uzluksiz ish tashkil qilgan holda barcha oʻziga biriktirilgan xodimlarni navbatchilik asosida ishlashini taʼminlashi, bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish uchun tashkil qilingan SHTABga har bir holat boʻyicha muntazam axborot berilishi lozimligi bildirildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tizim korxonalari aholi va isteʼmolchilarni tabiiy hamda suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari bilan taʼminlovchi asosiy masʼul ekanligini his qilgan holda, barcha xodimlar buni his etishi taʼkidlab oʻtildi hamda Boshqaruv raisi tomonidan yanvar oyi favqulotda ish rejimi oyligi deb eʼlon qilindi.
Keskin sovuq boʻlishi kutilayotgan kunlarda “Oʻzbekneftgaz” rahbariyatining navbatchilik grafigi tuzilib, navbatchilik Boshqaruv raisi oʻribosarlari va deparatment boshliqlari zimmasiga yuklatildi.
Joylarda ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini barqarorligini taʼminlash uchun har bir boshqarma, zavod va tashkilot rahbarlari texnologik qurilmalarni, siquv kompressor stansiyalarini toʻxtovsiz ishlashini taʼminlashi, qurilmalarda nazorat oʻlchov asboblari va barcha jihozlar kutilayotgan yuqori minus haroratda ishlashini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarida elektr taʼminoti uzilishlarini oldini olish va mavsumda bir meʼyorda taʼminotni yoʻlga qoʻyish maqsadida, joylarni elektr jihozlarining texnik holati masʼul departamentlarga vazifalar belgilab berildi.
Gaz haydash agregatlari, texnologik qurilmalar, tabiiy gaz qazib chiqarish quduqlari va avtotransport vositalari koʻrikdan oʻtkazish choralarini koʻrish hamda bu boʻyicha kunlik axborot kiritib borish belgilab olindi.
Boshqaruv raisi favqulotda ish rejimi davrida korxona rahbarlari, ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boʻlim boshliqlari, texnolog, mexanik, energetik, metrolog va boshqa tegishli mutaxassislar, kon rahbarlari, sex boshliqlari tunu-kun ish joyida boʻlishi belgilandi va vaxta rejimida ishlayotgan ishchi-xodimlar uchun qisqa vaqtda qulay sharoitlar yaratib berish boʻyicha chora-tadbir ishlab chiqildi.
Ushbu yigʻilishda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan kunlik qazib chiqarishni barqarorligi taʼminlash uchun 4 ta quduqni burgʻilashdan, 2 ta quduqni kapital taʼmirlashdan tugatish, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 4 ta quduqni burgʻilashdan tugatish, kunlik 575 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 3 ta quduqda mukammal taʼmirlash ishlarini yakunlash, kunlik 230 tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 3 ta quduqni burgʻilashdan tugatish, 6 ta quduqlarda mukammal taʼmirlash ishlarini yakunlash boʻyicha alohida topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, rahbar va oʻrinbosarlar alohida obyektlarga boʻlinib, kon boshliqlari, Siquv kompressor stansiyalari boshliqlari doimiy ish joyida boʻlishini taʼminlash, qurilmalar hamda gaz quvurlari muzlashga qarshi kimyoviy reagentlar zaxirasini yaratish boʻyicha vazifalar berildi.
Boshqaruv raisi kunlik avtobenzin va dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish hamda isteʼmolchilarga yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash, AYOQSHlarda xizmat qilgan ishchi-xodimlarga barcha sharoitlarni yaratib berish barobarida xaridorlar takliflarini inobatga olib borish zarurligini taʼkidladi.
Shuningdek, “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ, “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ, “Andijonquduqtaʼmirlash” AJ rahbarlariga konlarda yangi quduqlarni burgʻilash, quduqlarni taʼmirlash ishlarini jadallashtirish, ishchilarga barcha yashash sharoitlarini yaratish, kerakli texnik anjomlar bilan taʼminlashga doir bir qator topshiriqlar belgilab berildi.