So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida bolalar uchun yangi yil xayriya tadbiri boʻlib oʻtdi
Tadbirda 450 nafar bolajonlar ertak qahramonlari, “Disney” malikalari, “Santa Klaus”, Qorqiz, “Grinch” va boshqa super qahramonlar bilan uchrashishdi.
Kecha, 6-yanvar kuni “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida bolalar uchun yangi yil spektaklining xayriya namoyishi boʻlib oʻtdi. Tadbir Samarqand viloyati hokimligi, “Silk Road Samarkand” turistik markazi, shuningdek, “Eriyell” va “Enter Engineering” kompaniyalari koʻmagida tashkil etildi.
Taʼkidlash kerakki, Samarqand viloyatidagi oilaviy bolalar uylari va SOS mahallasi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, qandli diabetga chalingan bolalar “Qorbobo sayyorasida” tamoshalari mehmoni boʻlishdi.
Tadbirda 450 nafar bolajonlar ertak qahramonlari, “Disney” malikalari, “Santa Klaus”, Qorqiz, “Grinch” va boshqa super qahramonlar bilan uchrashishdi.
Xayriya tadbiridan koʻzlangan maqsad taʼtil vaqtida bolajonlarning vaqtini yanada mazmunli oʻtkazish va ularga quvonchli lahzalarni hadya etishdir.
Maʼlumot uchun, Samarqand “Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” deya eʼtirof etilmoqda. Qolaversa, 2023-yilda Butunjahon turizm poytaxti ham hisoblanadi. Samarqand shu yili Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qiladi.