So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda kadastr filiallarida saqlanayotgan 720 mingga yaqin koʻchmas mulklarning arxiv hujjatlari raqamlashtirildi
Eng koʻp hujjat Qarshi shahri filiali arxivariusi tomonidan bazaga kiritildi.
Qashqadaryoda kadastr filiallarida saqlanayotgan 720 mingga yaqin koʻchmas mulkka oid hujjatlar raqamlashtirildi
Qashqadaryo viloyatida jami 778 085 ta yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan yakka tartibdagi turar-joy obyektlari,koʻp qavatli uylardagi kvartiralar va noturar-joy obyektlari mavjud.
Aytish kerakki, 2023-yilning 1-yanvar holatida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining hududiy filiallari tomonidan viloyatdagi jami 778 085 ta obyektlardan yil yakuniga qadar 719 979 ta obyektning hujjatlari kadastrning yagona elektron arxivi bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron koʻrinishga oʻtishi taʻminlangan.
Maʻlumot uchun eng koʻp hujjat Qarshi shahri filiali arxivariusi tomonidan kiritilgan boʻlib, shaharda elektronlashtirillgan hujjatlar soni 74 285 tani tashkil etadi.
Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish hududlar kesimida tahlil qilinganda:
Gʻuzor tumanida — 37 323
Dehqonobod tumanida — 29 754
Qamashi tumanida — 56 120
Qarshi shahrida — 74 285
Qarshi tumanida — 63 754
Koson tumanida — 58 229
Kasbi tumanida — 39 989
Kitob tumanida — 51 855
Mirishkor tumanida — 22 194
Muborak tumanida — 20 069
Nishon tumanida — 34 970
Chiroqchi tumanida — 49 582
Koʻkdala tumanida — 34 696
Shahrisabz shahrida — 34 109
Shahrisabz tumanida — 49 824
Yakkabogʻ tumanida — 63 226 ta arxiv hujjatlari raqamlashtirilgan.