So`ngi yangiliklar
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Олий таълим, фан ва инновациялар вазири талабаларга шароит яратиш бўйича кўрсатма берди
Vazirlik har qanday muammoli vaziyatlarda oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektoratiga murojaat qilishni soʻradi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekistonning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan taʼtil yakuniga yetmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga koʻra zarur sharoit yaratib berish choralari koʻriladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan mazkur topshiriq barcha taʼlim muassasalari rahbarlariga berilgan. Va mazkur topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida boʻladi.
“Qishki taʼtil uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish boʻyicha individual ishlar olib borilmoqda.
Shu oʻrinda, oʻz yashash hududlarida qolgan talabalarga oʻz ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.
Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari soʻraladi.
Bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sogʻligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda OTMlar rahbariyatiga har bir talaba uchun qoʻshimcha qishki hordiqni samarali tashkil qilish va bunda insoniylik tamoyillariga rioya qilib, masalaga yechim topish qatʼiy belgilandi
”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi. Oʻqish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.



