So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fermer xoʻjaligiga ajratilgan 1 gektar yerni 27 ming dollarga pullagan erkak qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Yer oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro U.M.ning Fargʻona viloyati IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbirda, fuqaro A.B. Oltiariq tumani “Qapchoʻgʻay” mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan “V.A” fermer xoʻjaligiga bogʻdorchilik yoʻnalishida 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan jami 1 gektar yer maydonini hech qanday hujjatlarsiz 27 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelishilgan pullardan 10 ming AQSH dollarini ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.