So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda maklerlar mijoz talashib, mushtlashishdi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrida maklerlar mijoz talashib, mushtlashishdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 3-yanvar kuni soat 20:30 larda 23 yoshli S.U. “maklerlik” faoliyati bilan shugʻullanib kelib, tanishi 21 yoshli F.K. bilan Chilonzor tumani 16-dahasida joylashgan Y.J.ning ijaraga berayotgan uyiga ikkalasi ham bir mizojni olib borishi, oʻrtalarida oʻzaro janjal kelib chiqishiga olib kelgan va oqibatda ushbu uyning oldida S.U. jahl ustida qoʻlida boʻlgan nomaʼlum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Natijada F.K. olgan tan jarohatlari bilan RSHTIYOMga “qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi” kabi tan jarohati bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan S.U.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.