So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
30-sonli manzil-koloniyasidan ikki nafar mahkum qochib ketdi
Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan ushbu mahkumlarni tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolganliklari uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda manzil-koloniyadan ikki nafar mahkumning qochib ketganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Ushbu xabarni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasdiqladi.
Joriy yilning 4-yanvar kuni 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasida jazo muddatini oʻtab kelgan mahkum A.K sogʻligi sababli Zafarobod tumani Tibbiyot birlashmasining “Terapiya” boʻlimiga davolanish uchun yotqizilgan boʻlishiga qaramasdan, soat 22.30 larda tibbiyot birlashmasidan ruxsatsiz, nomaʼlum tomonga ketib qolganligi aniqlangan.
Xuddi shu kuni soat 23.15 larda muassasada oʻtkazilgan koʻrik vaqtida mahkum M.N. ning ham koloniya hududida yoʻqligi aniqlangan.
Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan ushbu mahkumlarni tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolganliklari uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.
<em>“Qidiruv-surishtiruv ishlari yakuni yuzasidan jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda. </em>