So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi kutilmoqda. Kusherbayev qishqi taʼtilni uzaytirishni taklif qildi
Joriy yilning 9-yanvar kuni Oʻzbekiston hududiga Volgaboʻyi hududlaridan Rossiya Yevropa qismi shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, 9-11-yanvarda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Togʻoldi va togʻli hududlarda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
9-10-yanvarda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 10-15-yanvarda respublika boʻyicha anomal sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari 12-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 17-22 daraja sovuqqacha, Ustyurtda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 25-27 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha, janubda va Fargʻona vodiysida kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
Deputatlik faoliyatini yakunlagan Rasul Kusherbayev anomal sovuq ob-havoning kirib kelishi sababli Oʻzbekistondagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatini uzaytirishni taklif qildi.
“Hozirdanoq uylarni va ish joylarini isssiqlik bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrib qoʻyish kerak. Taʼlim muassasalari uchun taʼtil muddatini choʻzish masalasini ham oʻylab koʻrish kerak boʻladi”, — deb yozdi deputat.