So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻquv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi
Xizmatdan foydalanish uchun 5 ta hujjat talab etiladi.
Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Buning uchun talabgor kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasiga qadar my.gov.uzdagi “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanadi.
Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
bino va oʻquv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;
zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʻlashga.
Xizmatdan foydalanishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
2 yilga moʻljallangan biznes reja;
mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish toʻgʻrisida tuzilgan xoʻjalik shartnomalari;
pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv xonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun). Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.