So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
“Roddomlardagi «suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar borligini hamma biladi» — Inoyatov
Tanqidiy-tahliliy ruhda davom etayotgan ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, hududiy boshqarmalar va tibbiyot birlashmalari hamda sohaga taalluqli oliy oʻquv yurtlari masʼullari ishtirok etmoqda.

Bugun, 4-yanvar kuni Prezidentning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda davom etayotgan ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, hududiy boshqarmalar va tibbiyot birlashmalari hamda sohaga taalluqli oliy oʻquv yurtlari masʼullari ishtirok etmoqda. Hayʼat yigʻilishini Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov olib bordi.
“Rahbar kabinetda oʻtirishi, ishga kelib ketishi yoki qaysidir masala bilan yugurib yurishi mumkin, lekin tizimli muammoni hal qila olmasa yoki natija koʻrsatmasa, bunday rahbarning kimga keragi bor?!
Bu gap, avvalo, vazirlikning oʻziga ham tegishli.Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tuman tibbiyot birlashmalari, ixtisoslashtirilgan markazlar, viloyat muassasalari rahbarlari ishni toʻgʻri tashkil qilmaganliklari uchun bugun pastda ish ketmayapti.
Har bir rahbar oʻzgarishni oʻzidan boshlashi kerak. Oʻzini toʻgʻrilamasa, ishga yangicha yondashmasa, tashabbus va faollikni oʻzidan boshlamasa, bugun talab etilayotgan natijani koʻrsata olmaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining 1140 nafar mutaxassislarini safarbar qilish orqali hududlarda jigar, qon-tomir, qorin, koʻkrak qafasi, transplantologiya, mikroxirurgiya, rekonstruktiv va plastik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.
Buyrak transplantatsiyasi amaliyoti joriy yildagi 300 tadan 500 taga, jigar transplantatsiyasi 20 tadan 50 taga oshiriladi.
Hududlarda joriy yilda kamida 15 ming nafar bemorlarga yuqori texnologiyali amaliyotlarni qoʻllash bilan yordam berishni rejalashtirdik.
Bunda, yurak tugʻma nuqsonli bemorlarga 2500 ta okklyuder implantatsiyasi, 1700 ta laparoskopiya, 1600 ta endovaskulyar hamda shuntlash, stentlash, angiografiya va koronarografiya kabi amaliyotlar oʻtkaziladi
”, — deydi Inoyatov.
Sogʻliqni saqlash vaziri yigʻilishda tibbiyotda uchrayotgan korrupsiya mavzusiga toʻxtalib oʻtdi.
“Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan korrupsiya urchigan bir qator yoʻnalishlar borki, birinchi navbatda ularga barham berishimiz kerak.
Xususan, ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, “roddomlar”dagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi. Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim shaʼniga dogʻ tushmoqda.
Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilamiz. Vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etiladi.
Shu bilan birga ishonch telefoni sifatida oʻzimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman...
”, — deydi vazir.




Izohlar 1
