So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent shahriga yangi imom-xatib tayinlandi
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan xatolar, fuqarolar murojaatini tinglashdagi kamchiliklar, aholi bilan ishlashdagi muammolar va moʻmin-musulmonlar ehtiyojlarini taʼminlashdagi oqsoqliklar tahlil qilindi.
2023-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari raisligida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan xatolar, fuqarolar murojaatini tinglashdagi kamchiliklar, aholi bilan ishlashdagi muammolar va moʻmin-musulmonlar ehtiyojlarini taʼminlashdagi oqsoqliklar tahlil qilindi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi bir nechta tuman bosh imom-xatibi va markaziy masjid imom-xatibi vazifalari vakant boʻlib turgani oqibatida kelib tushayotgan shikoyatlarga ham majlisda urgʻu qaratildi.

Unga koʻra, Rahmatulloh domla Sayfuddinov oʻz arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Muftiyga bir nechta oʻrinbosar va Islom institutiga yangi rektor tayinlangan edi.