So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Shuhrat Gʻaniyev yangi lavozimga tayinlandi
Gʻaniyev prezident maslahatchisi Ravshan Gʻulomovga oʻrinbosar boʻldi.

Hukumatdagi oʻzgarishlar tufayli ishdan ketgan Shuhrat Gʻaniyev yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Shuxrat Gʻaniyev Prezidentning Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Yaʼni, u prezident maslahatchisi Ravshan Gʻulomovga oʻrinbosar boʻldi.
Qayd etish kerak, Gʻaniyev 2020-yildan buyon bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosar lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuhrat Gʻaniyev 1968-yilning 11-sentyabr kuni Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida tavallud topgan.
Millati – oʻzbek.
Partiyaviyligi yoʻq. Maʼlumoti – oliy.
1992-yilda Toshkent davlat agrar universiteti, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. 2015-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati aʼzosi.
Ish faoliyatini 1989-yilda Fargʻona viloyati matbuot birlashmasi Margʻilon bazasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.
1996-2000-yillarda – Margʻilon tumanlararo “Agrokimyotaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari, boshqaruvi raisi;
2000-2001-yillarda – Fargʻona viloyati “Agrokimyotaʼminot” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi;
2001-2002-yillarda – Fargʻona viloyati “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi;
2002-2004-yillarda – “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari;
2004-2007-yillarda – “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari;
2007-2008-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri;
2008-2011-yillarda – Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
2011-2012-yillarda – Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi boʻlib ishlagan.
Maʼlumot oʻrnida, Shuhrat Gʻaniyev afgʻon urushi ishtirokchisi sanaladi. 2019-yilda Sobiq ittifoq qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan Afgʻoniston urushi faxriysi sifatida Shuhrat Gʻaniyev qimmatbaho toshli orden bilan taqdirlangandi.



