So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda jamoat joyida driftlar bajargan “Mercedes-Benz” haydovchisi qamaldi
Inomarka haydovchisi qoidalarni buzgani yetmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga boʻysunmagan.
Samarqandda Yangi yil bayrami kechasi Mercedes-Benz mashinasida xavfli manyovrlar bilan driftlar bajargan haydovchi 15 sutkaga kesildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
2022-yil 31-dekabr kunidan 2023-yil 1-yanvar kuniga oʻtar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahrining “Xoʻja Ahror Valiy” koʻchasida “Mercedes-Benz” rusumli, 01L700OA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1987-yilda tugʻilgan R.A. atrofdagi fuqarolar eʼtiborini jalb etish maqsadida xavfli boʻlishiga qaramasdan turli manyovrlar bilan “drift”lar bajargan.
Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi yetmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga boʻysunmagan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar bugun, 2023-yil 3-yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudi tomonidan oʻrganilib, fuqaro R.A.ning xatti-harakatlarida MJtKning 183-, 194-modda 1-qism va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.