So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Toshkentdagi 31 ta OTMda darslar boshlanish soati kechiktirildi
2023-yil 9-yanvardan talabalar oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Toshkent shahrining qator oliy taʼlim muassasalarida darslarning boshlanish vaqti oʻzgaradi. Unga koʻra, aksariyat OTMlarda oʻquv jarayonlarining boshlanish vaqtida soat 9:30 dan etib belgilanmoqda. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, darslar boshlanishi soatlari boʻyicha oʻzgarish 31 ta OTMga tegishli. Vazirlikning maʼlum qilishicha, poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan 2023-yil 9-yanvardan quyidagi rasmda keltirilgan taʼlim maskanlari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.



