So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi
Tax Free xizmatidan foydalanish uchun sotib olingan tovarlarning umumiy summasi 1 million soʻmdan yuqori boʻlishi lozim.
Bugun, 2-yanvar kuni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch aeroportlarida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan va test rejimida ish boshlagan Tax Free xizmati shoxobchalarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Tax Free tizimi xorijiy fuqarolarga Oʻzbekistonda chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda toʻlangan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutadi.

“Keshbek” toʻlanadigan tovarlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi Qarorida belgilangan. Bu suvenirlar, yongʻoqlar, mevalar va quritilgan mevalar, charm va moʻynali mahsulotlar, gilamlar, tekstil mahsulotlari va boshqalar.
QQS toʻlovini qaytarish uchun “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtish va u orqali xaridlar uchun olingan cheklarni skanerlash lozim.
Aeroportdan joʻnab ketayotganda, yoʻlovchi reysga roʻyxatdan oʻtishi, soʻngra Tax Free xizmatiga borib bortga chiqish taloni va tovarning oʻzini koʻrsatishi kerak.

Roʻyxatdan oʻtgan tovarlarni qoʻl yukida tashish uchun qoldirish yoki roʻyxatdan oʻtish joyiga qaytib, bagaj sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin.
Tax Free xizmatidan foydalanish uchun sotib olingan tovarlarning umumiy summasi 1 million soʻmdan yuqori boʻlishi lozim. Bundan tashqari, mahsulot ochilmagan va ishlatilmagan boʻlishi kerak.

Soliq qoʻmitasi xodimlari tovarlarning barcha mezonlarga muvofiqligini tekshirgandan soʻng, keshbekni rasmiylashtiradilar. Turli toifadagi tovarlar uchun yoʻlovchi QQS summasining 90 foizigacha keshbek qaytarishi mumkin.
Keshbek yoʻlovchining kartasiga rasmiylashtiriladi va roʻyxatdan oʻtgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin toʻlab beriladi.