So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Qashqadaryoda qancha yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olingani maʼlum qilindi
Qashqadaryoda oʻtgan yilda kadastr xodimlarining tushuntirishlari natijasida yer maydonlarini noqonuniy egallab olishga oid 1000 dan ziyod holat fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

Qashqadaryo viloyatida 2022- yilning oʻtgan 12 oy davri davomida yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1 934 ta holatda 1 720,7 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda Effect.uzʻga Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Nomoz Choriyev maʼlumot berdi.
Masʼulning maʼlum qilishicha, Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman-shahar boʻlimlari tomonidan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1 025 tasi yaʼni 1 484,5 gektari joyning oʻzida bartaraf etilgan.
“Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish toʻgʻrisida 909 ta (236,2 gektar) daʼvo arizalari kiritilib, shundan 541 tasi qanoatlantirilgan. 357 ta daʼvo arizalari hozirgi kunda koʻrib chiqish jarayonida”— deydi Nomoz Choriyev.
Hududlar kesimida tahlil qilinganida kadastr xodimlari yerga oid qonunbuzilish holatlarining eng koʻpini Yakkabogʻ tumanida aniqlashgan. 217 ta holatda 30,1gektar.
Qoʻshimcha qilinishicha, qonunbuzarlik holatlari Qamashi tumanida 185 ta holatda 88,1 gektar, Qarshi tumanida 181 ta holatda 26,1 gektar, Koson tumanida 153 ta holatda 1 174,0 gektar va Kasbi tumanida 155 ta holatda 120,8 gektarni tashkil qilgan.



