So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropidan zaharlangan
Oʻzbekistonda “Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniyaga tegishli barcha dorilar savdosi vaqtincha toʻxtatilgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialining bolalar reanimatsiya boʻlimida 3 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropini ichishi natijasida doridan oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan davolanmoqda. Bu haqda Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Abduqayum Toʻxtaqulov OʻzAga maʼlum qildi.
Uning qayd etishicha, Quvasoy shahridan boʻlgan bemorning umumiy ahvoli ogʻir, hushida. Bolaga tasdiqlangan davolash standarti asosida davo muolajalari olib borilmoqda.
“Viloyatdagi vaziyatni shaxsan oʻzim nazoratga olganman. Yana bir bor aholimizdan isitma tushiradigan dori vositalarini faqat shifokor tavsiyasi va nazoratida qabul qilishni soʻrayman. Qolaversa, farzandlarimizga shifokorning aniq tavsiyasisiz, oʻzboshimchalik bilan dori preparatlarini bermaslikni iltimos qilib qolamiz”, — degan Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi.
Eslatib oʻtamiz, Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropini isteʼmol qilish ortidan hozircha Samarqandda 18 nafar, Qashqadaryoda bir nafar, jami 19 nafar bola vafot etdi. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Dok-1 Maks” preparati bilan bogʻliq holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Oʻzbekistonda “Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniyaga tegishli barcha dorilar savdosi vaqtincha toʻxtatildi.
Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning 30-dekabridagi yigʻilishda “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyatni qattiq tanqid qildi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan oldi.