So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Yangi yil kechasidagi drama. Kosonsoyda er-xotin yonib ketdi
Hozirda sodir boʻlgan yongʻinlar yuzasida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyatida 31-dekabrdan 1-yanvarga oʻtar kechasi 4 ta yongʻin yuz berdi. Holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
31-dekabr soat 22:15 da Chust tumani “Laylak uya” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida uyning oshxonasida shift va tom qismidan 15 kvadrat metr joyi yonib zararlangan.
1-yanvar soat 01:02 da Namangan tumani “Shoʻrqoʻrgʻon” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin chiqqan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 45 kvadrat metr joyi hamda uy-roʻzgʻor buyumlari yonib zararlangan.
Soat 01:33 da Norin tumani “Xoʻjaobod” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin yuz bergan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 40 kvadrat metr joyi, uy-roʻzgʻor buyumlari hamda xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan.
Soat 05:00 da Kosonsoy tumani “Navbahor” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 20 kvadrat metr joyi, uy jihozlari yonib zararlangan.
Yongʻin vaqtida xonadon egasining oʻgʻli —1994-yilda tugʻilgan erkak va uning turmush oʻrtogʻi — 1995-yilda tugʻilgan ayolning kuygan xoldagi jasadi topilgan. Hozirda sodir boʻlgan yongʻinlar yuzasida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



