So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ahmedov, Toshboyev, Begalov, Sodiqov, Narzullayev: 5 ta idoraga rahbarlar tayinlandi
Shohruh Ahmedov Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi lavozimidan, Sodiq Toshboyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisligidan, Olim Narzullayev esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimidan ozod etilib, yangi idoralarga qayta tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan:
● Shohrux Shoturgʻunovich Shorahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi;

● Sodiq Donaqulovich Toshboyev Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi;

● Bahodir Abdusalomovich Begalov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;

● Abdushukur Abdujamilevich Sodiqov Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;

● Olim Xayrullayevich Narzullayev Oʻzbekiston Reslublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
