So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hindlar ishlab chiqargan yana bir dori sotuvdan olib tashlandi
Hindiston hukumati “Marion Biotech” kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan.
Oʻzbekistonda 19 nafar bolaning “Dok-1 MAKS” dorisidan vafot etishi ortidan Hindistonning Marion Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yana bir sirop sotuvdan olib tashlanishi kutilmoqda. Bu haqda Platina.uz Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga tayanib xabar berdi.
Unga koʻra, 29-dekabrdan boshlab “Marion Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan shamollashga qarshi “Ambronol” siropi ham sotuvdan olib tashlandi.

Qayd etish kerak, avvalroq “Marion Biotech” Pvt. Ltd kompaniyasi rahbari Xasan Rizo “Dok-1 Maks” siroplari ishlab chiqarishdan toʻxtatilganini aytgan edi.
Hozirda, Hindiston hukumati “Marion Biotech” kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan. Surishtiruv Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilyapti.
Eslatib oʻtamiz, “Dok-1 Maks” siropi sabab Oʻzbekistonda 19 nafar bola vafot etdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ham 2021-yil tugʻilgan bola tarkibida zaharli moddasi bor, deb topilgan siropni qabul qilganidan soʻng vafot etgan.