So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Gaz quyish shoxobchasidagi janjalda ishtirok etganlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Воқеа автомобилларга газ қуйиш жараёни ёки у ерда навбат талашган ҳайдовчилар билан боғлиқ эмас.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohangaronda, metan gaz quyish shoxobchasida janjal kelib chiqdi” sarlavhasi bilan video xabar tarqalib, jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan IIBB Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Oʻrganishlar natijasida, voqea avtomobillarga gaz quyish jarayoni yoki u yerda navbat talashgan haydovchilar bilan bogʻliq emasligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, holat Ohangaron tumani “Shodmalik” mahallasida oʻtkazilgan toʻy marosimida sodir boʻlib, xonadonga mehmon sifatida kelgan kuyovning joʻralari va kelinning sinfdosh doʻstlari tadbirda oʻzaro tortishib qolganlar.

Shundan soʻng, ular toʻy boʻlayotgan xonadon yaqinida joylashgan, hozirgi kunda taʼmirlash ishlari sabab ish faoliyatida boʻlmagan gaz quyish shoxobchasi hududiga oʻtib, bir birlari bilan urishib, janjallashganlar. Ushbu voqea yuzasidan hududiy ichki ishlar boʻlimiga biror xabar kelib tushmagan.


Hozirda, janjalda ishtirok etganlarning barchasi oʻrnatilgan tartibda jinoyat ishiga jalb etilib, tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi, 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.