So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ikkita OTM rektolari lavozimidan ozod etildi
Nusratullo Barakayev 2019-yilda, Ulugʻbek Azizov esa 2020-yil avgust oyida rektor etib tayinlangandi.
Oʻzbekistonda ikkita oliy taʼlim muassasasi rektorlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston davla haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda. t jahon tillari universiteti rektori Ulugʻbek Botirovich Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Rajabovich Barakayev lavozimidan ozod etilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Nusratullo Barakayev 2019-yilda Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori etib tayinlangandi. Ushbu lavozimga kelgunga qadar Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Barakayev 2014—2015-yillarda Guliston davlat universiteti rektori sifatida ham ishlagan.
Sotsiologiya fanlari doktori Ulugʻbek Azizov esa Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga 2020-yil avgust oyida rektor etib tayinlangandi.
Ulugʻbek Azizov 2016-yildan to rektor boʻlgunga qadar shu universitet huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori-prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U 2000-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2009-yilda Yaponiyaning Sukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015-yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishi yoqlagan.