So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoro shahrida 7 qavatli bino qulab tushgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama boʻlgan voqeaga Qurilish vazirligi munosabat bildirdi.
Buxoro shahrida qurilishi bitmagan koʻp qavatli binoning toʻsini buzilib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama boʻlgan voqeaga Qurilish vazirligi munosabat bildirdi.
Vazirlikka koʻra, Buxoro shahar Bahouddin Naqshband koʻchasi yoqasidagi birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari, yuqori qavatlari esa turar-joy binosi boʻlishi koʻzda tutilgan obyektda qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan.
Texnik nazoratchining obyekt qurilishi davomida oʻziga yuklatilgan nazorat ishlarini vaqtida amalga oshirmaganligi, loyiha nazoratchisi tomonidan belgilangan kalendar reja-jadval asosida nazorat tadbirlarini olib borilmaganligi hamda belgilangan mustahkamlikka ega boʻlmagan toʻsin (rigelga) ortiqcha yuklanishni berilishi sababli rama konstruksiyaning toʻsin (rigel) qismida buzilish yuzaga kelgan. Holat boʻyicha jabrlanganlar yoʻq.
Mazkur obyektni qurish ishlari Buxoro shahrining tasdiqlangan bosh rejasi va Buxoro shahar hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 2147-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan va buning uchun 1.7 ga yer maydoni ajratib berilgan.
Mazkur qarorga asosan Buxoro shaxar Arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan 2015-yil 31-martda arxitektura-rejalashtirish hujjati tayyorlangan.
7 qavatli binoning loyiha-smeta hujjatlari uchun ekspertiza tashkilotining ijobiy xulosasi olinib, qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida DXA orqali xabarnoma yuborilgan hamda inspeksiya tomonidan roʻxatdan oʻtgan.
Obyektning qurilish jarayonlari hududiy inspeksiya tomonidan doimiy nazoratga olingan boʻlib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali buyurtmachi, loyihachi tashkilotlariga inspeksiyaning elektron yozma koʻrsatmalari taqdim etilgan.