So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bepul avtoturargoh, 24 soatlik servis — Toshkentda “MirLuxe Plaza” mehmonxonasi oʻz faoliyatini boshladi
Yangi mehmonxona vokzal va aeroportga juda yaqin bo‘lgan Uspenskiy sobori va Mirobod bozori yaqinida joylashgan.
27-dekabr kuni Toshkentda “MirLuxe Plaza” mehmonxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bosh vazir o’rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, mehmonxona rahbariyati, mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Tadbirda nutq so‘zlagan vazir ayni damda yurtimizda mahalliy va xorijiy turistlar oqimini kengaytirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kabi mehmonxonalar ochilishi turistlarga yanada qulaylik yaratishini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, yangi mehmonxona vokzal va aeroportga juda yaqin bo‘lgan Uspenskiy sobori va Mirobod bozori yaqinida joylashgan. Mehmonxona yaqinida Xitoy, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniya bayroqlari hilpirab turibdi. Ushbu mehmonxona turli toifadagi 89 ta xonadan iborat bo‘lib, bu yerda 120 ta ish o‘rni yaratilgan.

“MirLuxe Plaza” lobbi-bar, yevropa taomlari tayyorlanadigan restoran, fitnes zali, fin saunasi va jakuzili 13 metrlik yopiq basseyni ham o‘z ichiga olgan.

Bundan tashqari, mehmonxona xonalari konditsioner, muzlatkich, seyf, fen, sochiqlar to'plami, elektr choynak, kabel kanallariga ulangan 43 dyuymli televizor bilan jihozlangan va bepul Wi-Fi tufayli istalgan vaqtda internetga kirishingiz mumkin. Har bir xonada ish stoli va mahalliy telefon raqamlariga qo'ng'iroqlar mavjud.

Qolaversa, “Suite” xonalari qo'shimcha ravishda alohida oshxona, mikroto'lqinli pech, elektr pechka, hammomdan iborat.

Mehmonxonada sayyohlarga to'qqizinchi qavatdagi 120 kishiga mo'ljallangan restoranda ovqatlanish imkoniyati yaratilgan. Shu bilan birga, ko'proq shaxsiy muhitda dam olishni istagan mehmonlar 24 soatlik xona xizmatidan foydalanishi va to'g'ridan-to'g'ri xonaga ovqat va ichimliklar buyurtma qilishlari mumkin. “MirLuxe Plaza” mehmonxonasi, shuningdek, bepul avtoturargohga ham ega.
