So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hokimlarni lavozimiga tayinlashning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda
Adliya vazirligi bu borada tegishli qonun loyihasini ham ishlab chiqqan.
Adliya vazirligi hokimlarni lavozimiga tayinlash va nomzodini ilgari surishni demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishni taklif qilmoqda.
Vazirlik bu borada tegishli qonun loyihasini ham ishlab chiqqan.
Unga koʻra:
– hokimlikka nomzodlar xalq deputatlari Kengashlariga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan siyosiy partiya aʼzolari orasidan taklif etish;
– nomzod aholini qiynayotgan ustuvor muammolarni hal etishga hamda cheklangan resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha oʻz dasturini taqdim etishi;
– nomzod xalq deputatlari Kengashlari deputatlari umumiy sonining kamida 2/3 qismidan iborat koʻpchiligi yoqlab ovoz berilganda maʼqullangan hisoblanishi;
– maʼqullangan viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10 kun muddat ichida koʻrib chiqilishi va lavozimga tayinlanishi;
– maʼqullangan tuman va shahar hokimligiga nomzod viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan 10 kun muddat ichida koʻrib chiqilishi hamda lavozimga tayinlanishi taklif etilyapti.