So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kosonda klasterdan haqdor fermerlar ishi: “Koson baxt tekstil” bayonot berdi
Avvalroq Effect.uzʻga Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida faoliyat olib boradigan “Koson baxt tekstil” klasteri 200 nafarga yaqin fermerlarning joriy mavsum uchun ishlagan haqqini bermayotganligi, yoki kechiktirayotgani toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingandi.
“Koson baxt tekstil” MCHJ maʼmuriyati ushbu hodisalar ortidan bayonot berib, fermerlarga beriladigan qolgan haqdorlikni toʻlash choralari koʻrilayotganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Koson tumanidagi “Koson baxt tekstil” MCHJ bilan 2022-yil paxta mavsumi uchun 1017 ta fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma tuzilib, 14126 gektar yerga paxta ekilgan. Shartnoma rejasi 100 foiz bajarilgan.
Fermer xoʻjaliklari uchun haqdorlik 94 mlrd 819 mln soʻmni tashkil etadi. Shundan hozirgi kungacha paxtaning har bir kilosi uchun 8300 soʻmdan 41 mlrd 337 mln soʻm toʻlab berilgan. Hozirgi kunda qolgan haqdorlikni toʻlash choralari klaster tomonidan koʻrilmoqda.
Shuningdek, 26-dekabr kuni “Koson baxt tekstil” MCHJ binosiga bir guruh fermerlar shikoyat qilib kelgan. Ular bilan klaster masʼullari uchrashib, holat yuzasidan tushuntirish bergan.