So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
“Quramax medical” МЧЖ, “Дори воситаларини стандартлаштириш илмий маркази” МЧЖ мансабдор шахслари қамоққа олинди – ДХХ
Yosh goʻdaklarning umriga zomin boʻlgan dori vositasi ortidan “Quramax medical” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda oʻtkir respirator kasalliklarga chalingan bolalarda “Dok-1 Maks” siropini ichish natijasida oʻlim holati kuzatilganligi keng jamoatchilikni xavotirga soldi.
Hindiston davlatining “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli mazkur dori vositaci Oʻzbekistonga “Quramax Medical” MCHJ tomonidan import qilinib, savdoga chiqarilgan.
Taʼkidlash lozimki, preparat uy sharoitida bolalarga shifokor retseptisiz, ota-onalar tomonidan mustaqil yoki dorixona sotuvchilarining tavsiyasi bilan shamollashga qarshi vosita sifatida notoʻgʻri qoʻllanilgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligining laborator oʻrganishlariga koʻra, “Dok-1 Maks” siropining tarkibida mavjud boʻlgan “etilenglikol” moddasi bemor salomatligida jiddiy salbiy oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi xulosasiga koʻra, “Dok-1 Maks” siropi meʼyoriy hujjatda belgilangan talablarga javob bermaydi.
Hozirda holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.



