So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qozogʻiston yoʻllarida qolib ketgan 9 nafar oʻzbekistonliklar qutqarildi
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Qozogʻiston yoʻllarida koʻplab baxtsiz hodisalar roʻy bermoqda.
Oʻtgan haftada qor boʻroni tufayli Qozogʻiston yoʻllarida qolib ketgan qoʻshni davlatlarning 12 nafar fuqarosi qutqarib olindi.
Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bir hafta ichida yoʻl punktlari orqali 12 kishi evakuatsiya qilingan.

“Oʻtgan haftada yoʻl-tibbiy qutqaruv stansiyasi brigadalari tomonidan 12 kishi, jumladan, 9 nafar Oʻzbekiston, 1 nafar Tojikiston va 2 nafar Qozogʻiston fuqarosi evakuatsiya qilindi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil qish mavsumi boshidan buyon yoʻlda qolgan avtomobillardan 75 kishi evakuatsiya qilindi.