So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Abgor uylar, nochor odamlar, masʼuliyatsiz masʼullar — Qosimov Surxonning “qizil hududi”ga bordi
Surxondaryo viloyati hokimi hokimlik balansidagi ijtimoiy uyda yashayotgan 23 ta oilaning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hokimlik balansidagi ijtimoiy uyda yashayotgan 23 ta oilaning yashash sharoitlari bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Ulugʻbek Qosimov oilalar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani va zich joylashgan holda yashab kelishayotganiga qaratgan.

Viloyat hokimi bu ishlarni keskin tanqid qilib, hozirning oʻzida sharoitlarni yaxshilash boʻyicha ishlarni boshlash, elektr energiya, gaz taʼminotidagi muammolarni hal etish hamda uylarni tartibga keltirib, bu yerda yashovchi oilalarga bayramona kayfiyat beruvchi holatga keltirish boʻyicha topshiriq berdi.

Shuningdek, mutasaddilarga istiqomat qiluvchilar bilan muloqot qilib, ularning ehtiyojlari va xohishlarini oʻrgangan holda arzonlashtirilgan uy-joylar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, bunda davlat tomonidan uy-joylarning boshlangʻich toʻlovlari toʻlab berilishini tushuntirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Shundan soʻng, viloyat rahbari koʻp qavatli uy-joylar oʻrtasidagi boʻsh maydonlarda qurilayotgan, qurilishi tugallanmagan binolarni joyiga borgan holda koʻzdan kechirdi.

Oʻrganish davomida 3 yil oldin kutubxona uchun ajratilgan maydonda qurilish ishlari boshlanmaganligi, bino qurilgan taqdirda ham aholining harakatlanishi uchun halaqit qilishi tanqid qilindi.
Masʼullarga qaror talabalariga asosan 3 yildan buyon qurilish ishlari boshlanmaganligi sababli yer ajratish qarori bekor qilinishi, koʻp qavatli uy-joylar oʻrtasidagi maydonlarda aholiga qulaylik beruvchi obyektlardan tashqari qurilishlarga ruxsat berilmasligi maʼlum qilindi.


Shuningdek, viloyat hokimi renovatsiya qilinishi belgilangan koʻp qavatli uy-joylarda qurilish taʼmirlash ishlarini olib boruvchi pudrat korxonalari rahbarlari bilan ham suhbat oʻtkazib, ularga tez fursatlarda ishlarni boshlash, ishlar belgilangan muddatlarda boshlanmagan taqdirda, boshqa investorlar topish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.