So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
“Erim nomusimga tegadigan soʻzlarni aytdi” — Samarqandda ona nega farzandini kaltaklagan edi?
5 nafar farzandning onasi oʻsha vaqtda depressiya holatida boʻlgani va bu ishdan pushaymonligini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ona oʻz bolasini shafqatsizlarcha kaltaklayotgani aks etgan video jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab boʻldi. Oʻz bolasini shafqatsizlarcha kaltaklagan ona, nega bunday ishga qoʻl urganini aytib berdi.
2022-yil 24-dekabr kuni Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi fuqaro G.O. Rossiya Federatsiyasida ishlash maqsadida ketgan turmush oʻrtogʻi bilan telefon orqali muloqot qilish jarayonida, oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchilikdan soʻng, turmush oʻrtogʻiga jahl qilib, oʻzining voyaga yetmagan farzandini urib, holatni telefon apparatida videotasvirga olib, videoni turmush oʻrtogʻiga yuborib, voyaga yetmagan farzandlarini oʻldirish bilan qoʻrqitgan.
5 nafar farzandning onasi oʻsha vaqtda depressiya holatida boʻlgani va bu ishdan pushaymonligini bildirdi.
“Erim bilan oʻrtamizda kelishmovchilik yuzaga keldi, ular menga juda koʻp gaplarni gapirdilar. Shundan soʻng jahlim chiqib ketdi, oʻsha vaqtda bola yonimda edi. U “ona, ona” deb chaqirganidan keyin, uni urib yubordim”, — dedi u.
Chet elda boʻlgan fuqaro ayoliga doimiy ravishda qoʻpol munosabatda boʻlganligi hamda ayolning shaxsiyatiga tegadigan gaplarni aytgani bois, bu holat yuzaga kelgan.
“Erimga “ichishni, chekishni tashlang” desam nomusimga tegadigan gaplarni gapiradilar. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman”, — deb qoʻshimcha qildi G.O.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan G.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.



