So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sirdaryoda qariyb 1500 km uzunlikdagi avtomobil yoʻliga kadastr pasporti berilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Sirdaryoda 1414 kilometr avtomobil yoʻllariga kadastr pasporti berilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda viloyat kadastr boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumki, Prezidentning 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, viloyat hududidan oʻtgan viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga qarashli umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllari xatlovdan oʻtkazilib, tegishli tartibda kadastr pasporti topshirilmoqda.
– Sirdaryo viloyati hududida 1450 kilometr avtomobil yoʻli mavjud, – Hozirgacha 1414 kilometr yoʻlning kadastr pasporti shakllantirilib, UzKard dasturiga tushirilib, 1414 kilometr avtomobil yoʻli davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Burxon Baxtiyorovichga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida Sirdaryo viloyatida 20 ming 899 ta koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olingan.
Ularning 9 ming 259 tasi yakka tartibdagi turar-joy binolari, 4 ming 276 tasi koʻp qavatli uylardagi xonadonlar, 4 ming 779 tasi yer uchastkasi va 2 ming 553 tasi noturar koʻchmas mulk obyektlaridir.
Yakunlanayotgan yilda suv xoʻjaligiga tegishli 56 ta kanalning 1973 gektar yer maydoni ham davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, kadastr pasportiga ega boʻlgan.