So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Samarqandda yer va kadastr sohasiga oid 2,6 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlangan
2022-yilning 11 oyi davomida Samarqand viloyatida yer va kadastr sohasiga oid 2,6 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Effect.uzʻga Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Prezidentning 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6243-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan boshqarma hamda uning xududiy boʻlimlari mutahassislari tomonidan yer qonun buzulish holatlari boʻyicha yer nazoratini samarali tashkil etish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Unga koʻra, yer munosabatlari bilan bogʻliq qonun buzulish holatlari yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2022-yil 11 oy davomida Samarqand viloyati tumanlarida jami 1614 ta xolatda 486 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi va yer qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Jumladan, 1 109 ta holatda 261 gektar uy-joy qurish maqsadida, shundan 384 ta xolatda 154 gektar tomorqa sifatida 296 ta holatda 19 gektar noturar joy qurish maqsadida va 209 ta holatda 205 gektar boshqa xolatlarda foydalanish uchun egallab olingan.
Ushbu aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga 1614 ta ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan 518 ta holatda 255 gektar ixtiyoriy bartaraf etilgan.
Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmagan 981 ta holatda 214 gektar buyicha fuqarolik ishlari boʻyicha sud idoralariga noqonuniy qurilmani buzdirish va yer maydonini asl holatiga keltirish yuzasidan daʼvo arizalar va prokuratura organlariga 207 ta holatda 34 gektar maydondagi qonunbuzilishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilgan.
Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tuman (shahar) boʻlimlari yer inspektorlari tomonidan viloyat boʻyicha jami: 2 671 ta yer qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan
1 785 tasi Kadastr agentligi organlari tomonidan koʻrib chiqilgan. 157 ta maʼmuriy ish yuzasidan chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga yuborilgan, 182 ta yer qonun buzilish holatlari Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (prokuratura, DXX, IIV, DSQ, IJQKD) yuborilgan, 511 ta holatda MJtKning 271-moddasiga muvofiq maʼmuriy ishlar tugatilgan, 36 tasi koʻrib chiqish jarayonida.
MJtKning 60-moddasi 2-kismiga asosan 332 ta, 60-moddasi 3-kismiga asosan 332 ta, 601-moddasiga asosan 42 ta, 68-moddasi 1-qismiga asosan 290 ta, 681-moddasiga asosan 789 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shundan tumanlar boʻyicha toʻxtaladigan boʻlsam, Bulungʻur-206 ta, Jomboy-165 ta, Ishtixon-110 ta, Kattaqoʻrgʻon tuman-202 ta, Narpay-74 ta, Nurobod-170 ta, Oqdaryo-117 ta, Pastdargʻom-300 ta, Paxtachi-130 ta, Payariq-415 ta, Samarqand tumani-86 ta, Toyloq-143 ta, Urgut-156 ta, Qoʻshrobot- 145 ta Samarqand shahar 157 ta hamda Kattaqoʻrgʻon shahrida 95 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirgan.
Qoʻllanilgan jarimalar summasi 12 mlrd 908 mln 500 ming soʻm boʻlib, Undirilgan jarimalar agentlik tomonidan 851 ta maʼmuriy ish boʻyicha 2 mlrd 070 mln soʻm undirilgan, Majburiy ijro byurosiga undirish maqsadida jami 611 maʼmuriy ish yaʼni 9 mlrd 138 mln 700 ming soʻm yuborilgan boʻlib, Majburiy ijro byurosi tomonidan jami 194 ta maʼmuriy bayonnoma boʻyicha 945.1 mln soʻm undirilgan.