So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda chin yetim bolalarning 15 nafari uyli boʻldi
Qashqadaryo viloyatida 1 mln. 247 mingdan ortiq voyaga yetmagan bolalar boʻlib, shundan, 2.0 mingdan ortigʻi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlardir.
Viloyatda 2021-yil 24 nafar shunday yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, 2022-yilda jami 58 nafar bolalarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida 9 mlrd. 558 mln.soʻm mablagʻ ajratilgan.
Prezident qarori ijrosini taʼminlanishi ortidan Qarshi shahrida yashovchi chin yetim bolalarning yana 15 nafari yangi yilni oʻz xonadonlarida kutib oladi. Xonadonlar kalitlarini topshirish marosimida viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etgan.
Maʼlumki, Prezidentning “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2021-yil 9-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etilgan.
Bunday tizim mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor amaliyotga joriy etildi va eng muhimi bu yuzlab yoshlarni taqdirlarni izga solishga yordam bermoqda.








