So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bolasini shafqatsizlarcha kaltaklagan onaga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Hozirda jabrlanuvchi bolaning ahvoli yaxshi boʻlib, shifokorlar kuzatuvida.
Yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022-yil 24-dekabr kuni Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi fuqaro G.O. Rossiya Federatsiyasida ishlash maqsadida ketgan turmush oʻrtogʻi bilan telefon orqali muloqot qilish jarayonida, oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchilikdan soʻng, turmush oʻrtogʻiga jahl qilib, oʻzining voyaga yetmagan farzandini urib, holatni telefon apparatida videotasvirga olib, videoni turmush oʻrtogʻiga yuborib, voyaga yetmagan farzandlarini oʻldirish bilan qoʻrqitgan.
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan G.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda jabrlanuvchining ahvoli yaxshi boʻlib, shifokorlar kuzatuvida.
Jinoyat ishi viloyat IIB nazoratiga olingan.