So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
2023-yilda ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Maqsad fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, 2023-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Maqsad fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlashdir.
Farmonga ko‘ra, keyingi yilda quyidagi kunlar dam olish kunlari hisoblanadi:
– barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 2-yanvar – dushanba, 30-iyun – juma;
– olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – seshanba, 20-mart – dushanba, 22-mart – chorshanba, 24-aprel – dushanba, 1-iyul – shanba, 2-sentabr – shanba, 30-dekabr – shanba.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi 798-son Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi 1-oktabr (“Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”) 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr – dushanba kuniga koʻchiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.
2023-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:
7-yanvar – shanba kunidan 3-yanvar – seshanba kuniga;
11-mart – shanba kunidan 20-mart – dushanba kuniga;
25-mart – shanba kunidan 22-mart – chorshanba kuniga;
29-aprel – shanba kunidan 24-aprel – dushanba kuniga.