So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Termiz” xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan soʻng yana ishga tushirildi
55 kunlik tanaffusdan soʻng Termiz xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilish va joʻnatish uchun yana ochildi.
26-dekabr kuni aeroport birinchi reysni qabul qildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent — Termiz yoʻnalishi boʻyicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yoʻlovchilar bilan, mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da Termiz aeroportiga kelib qoʻndi.

Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlaklari va uchta samolyot toʻxtash joyi uchun perronni oʻz ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.
Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qoʻnish tizimlari oʻrnatildi. Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 milliard soʻmga baholanmoqda.

Ayni paytda 377 milliard soʻmlik ishlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yoʻlagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Termizdagi yangi aerodromning uchish-qoʻnish yoʻlagi betondan qurilgani eʼtiborga molik. Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimi sharoitida eng yaxshi yechim — betondan yasalgan uchish-qoʻnish yoʻlagi mustahkamroq va chidamliroqdir. Bugungi kunga qadar faqat Navoiy va Termiz aeroportlarida betondan uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilgan.



Eslatib oʻtamiz, Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik koʻrilayotgani munosabati bilan 1-noyabr kuni yopilgan va parvozlar vaqtincha respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yoʻnaltirilib kelingan edi. Aeroport terminali ham rekonstruksiya qilinib, 2019-yilda foydalanishga topshirilgan.