So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda oʻzganing “Equinox”ida YTH sodir etgan inspektor “uchdi”
Salohiddin Pardaqulov 2022-yilning 20-yanvar kuni oʻzi ishlayotgan mahalladagi fuqaroning mashinasini hujjatsiz boshqargan.
Joriy yilning noyabr oyida oʻziga tegishli boʻlmagan “Equinox” mashinasida yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan IIB profilaktika inspektori ishdan olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshligʻi xabar berdi.
Kun.uzʻga koʻra, inspektor Salohiddin Pardaqulov oʻzi nozirlik qiladigan hududda yashovchi fuqaroning “Equinox” avtomobilini olib qoʻyib, YTH sodir etib, mulk egasiga 62,5 mln soʻm zarar yetkazgan. YTH sodir etishiga qaramasdan, u zararni qoplab bermagan.
Noyabr oyi boshida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Rahmat Mamatov tanqidiy yigʻilish oʻtkazdi va unda 19 nafar profilaktika inspektori ishdan olingan. Ushbu yigʻilishga Pardaqulov ham chaqirtirilgan.
Yigʻilishda Pardaqulov boshqaga tegishli “Equinox”ni hujjatsiz boshqarib, YTH sodir etgani va zararni toʻlab bermayotgani uchun boshqarma boshligʻi tomonidan qattiq tanbeh olgan. Inspektorning otasi ham yigʻilishda turgʻazib qoʻyilgan. Viloyat IIB boshligʻining joriy yil 21-dekabr kunidagi buyrugʻiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, Salohiddin Pardaqulov 2022-yilning 20-yanvar kuni oʻzi ishlayotgan mahalladagi fuqaroning mashinasini hujjatsiz boshqargan.
U avtomobilda yoʻl harakati qoidalarini bir necha marta qoʻpol tarzda buzgan. Aynan YTH sodir etilishidan avvalgi holatlar ham videoregistratorga yozib olingan. Biroq sudda boshqa fuqaro aybdor deb topilgan va “Equinox”ga yetkazilgan 62,5 million soʻm zararni u toʻlashi belgilangan.