So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Xalqning 7,3 mlrd soʻmlik gazini oʻgʻirlagan AGTKSHlar aniqlandi
Ikki kunda 12 mingdan ortiq xonadonning qish mavsumida bir oylik isteʼmoliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ikki kunda 12 mingdan ortiq xonadonning qish mavsumida bir oylik isteʼmoliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 21-22-dekabr kunlari Ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida hududlarda 3 ta holatda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) 7,3 mlrd soʻmlik boʻlgan 7,3 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanida joylashgan “GAZXIZMATTAʼMINOT” korxonasi tomonidan gaz hisoblash uskunasning oʻlchov tarmogʻiga tashqi taʼsir koʻrsatgan holda 2,9 mlrd soʻmlik;
Gʻuzor tumanida joylashgan “TAZIB” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga va oʻrnatilgan muhrlarga tashqi taʼsir koʻrsatilgan holda 3,5 mlrd soʻmlik;
Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan “ENERGO MASHTRANS IMPEX” MCHJ tomonidan oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻi kirish zulfiniga oʻrnatilgan bir marotabalik tamgʻani buzgan holda 921 mln soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi maʼlum boʻldi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Qayd etish kerak, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov yigʻilishda vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan boʻlishiga qaramay, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari uchrayotgani jiddiy tanqid ostiga olgan edi.
“Bunday holat qolgan barcha hududlarda ham mavjud. Hududlarda har bir korxona va tashkilotlar oʻrganilib, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, ular tezkor bartaraf etiladi hamda javobgarlik choralari koʻriladi”, — dedi Umurzakov.