So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fuqarolarning plastik kartasidan 86 million soʻmni “uxlatgan” bank xodimi va stajyor qoʻlga olindi
Ular xizmat mavqeyidan foydalangan holda mijozlar tomonidan ishonib topshirilgan bank kartalarini yangilab berish vaqtida bank kartalaridagi pullarni oʻzlashtirganliklari maʼlum boʻldi.
Fuqarolarning plastik kartasidan 86 million soʻmni “uxlatgan” bank xodimi va uning ish oʻrganuvchisi qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, ularning bank kartasidan jami 86 million soʻmdan ortiq pullari nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻrashgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxslar Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, 2000-y.t., bank xodimi U.A. va uning ish oʻrganuvchisi (stajyor) O.A. birgalikda amalga oshirganliklari aniqlangan.
Ular xizmat mavqeyidan foydalangan holda mijozlar tomonidan ishonib topshirilgan bank kartalarini yangilab berish vaqtida bank kartalaridagi pullarni oʻzlashtirganliklari maʼlum boʻldi.
U.A. va O.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.