So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Abduqodir Moʻminovga hujum qilganlar qidirilmoqda. Voqea joyidan besh kishining barmoq izi topilgan
Ushbu jinoyatni fosh etish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tuzildi.
“Koʻzgu” Axborot agentligi jurnalisti Abduqodir Moʻminovga suiqasd uyushtirildi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 23-dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda fuqaro Abduqodir Moʻminov “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, Yashnobod tumanida nomaʼlum shaxslar uni urib tan jarohati yetkazib, unga tegishli boʻlgan “Samsung S21 Ultra” rusumli uyali aloqa vositasini olib ketishganliginini, shuningdek uning avtomashinasiga qattiq jism bilan urib shikast yetkazishganligini maʼlum qilgan.
Mazkur xabar asosida voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, barcha zaruriy tergov-tezkor harakatlari olib borilgan va xolislar ishtirokida voqea joyidan 5 dona qoʻl barmoq izi va 1 dona beysbol bitasi dalililiy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, fuqaro Moʻminovdan bir dona fleshkadagi videoyozuvlar tekshirib qoʻrish uchun protsessual tarbida olingan.
Qayd etilgan holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (“Bosqinchilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Toshket shahar IIBB rahbariyatining topshirigʻa koʻra, ushbu jinoyatni fosh etish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilib, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan barcha zarur tergov va tezkor-qidiruv harakatlari oʻtkazilmoqda