So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Maktab oʻquvchisini zoʻrlab, homilador qilgan pedofilga hukm oʻqildi
Samarqand viloyatida voyaga yetmagan qizni 5 yil davomida muntazam zoʻrlab kelgan erkakka hukm oʻqildi.
2021-yil noyabr oylarida Samarqand viloyatida erkak maktab oʻquvchisini mutassil zoʻrlab kelgani aniqlangan.
Voqea tafsilotlarini oʻrganish boʻyicha tuzilgan ishchi guruh bilan suhbat davomida oʻquvchi qiz 5 yildan beri onasi bilan yashab kelayotgan erkak uni aldab nomusiga tekkanini aytgan. Voyaga yetmagan qiz shuningdek, erkak uni 11 yoshidan beri muntazam zoʻrlab kelganini ham aytgan.
Qizning homiladorligidan birinchi boʻlib 2021-yilning yilning 12-noyabr kuni ularning uyiga borgan xolasi xabar topgan va tegishli idoralarga murojaat qilgan. Ertasi kuni ultratovush tekshiruvi natijalari voyaga etmagan oʻquvchining homiladorligini tasdiqlagan.
Maktab direktorining soʻzlariga koʻra, taʼlim muassasasi maʼmuriyati oʻquvchining homiladorligini payqamagan. Hatto qizning sinfdoshlari ham kiyim ostidagi yumaloq qorinni sezishmagan.
Uznews.uzʼning Oliy Sud axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, sud hukmi bilan aybdor Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (Oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsning nomusiga tegish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilgan holda sudlanuvchiga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.