So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda “Street Food” gastronomik ko‘chasi tashkil etilmoqda
Gastronomik ko‘chada 22 ta do‘kon va 50 ta ko‘chma savdo shaxobchalari qurilishi rejalashtirilgan.
Ayni damda Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida “Street Food” gastronomik ko‘chasi tashkil etilmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi “2022–2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 543-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, gastronomik ko‘chaning uzunligi 820 metr bo‘lib, mavjud xizmat va savdo shaxobchalari soni 36 tani tashkil etadi, shundan 9 tasi umumiy ovqatlanish shaxobchalari hisoblanadi.
Xususan, 13-dekabr kuni Bravo Lider restorani ham o’z faoliyatini boshladi. Restoran milliy va yevropa taomlariga ixtisoslashgan bo’lib, 200 kishiga mo'ljallangan. Loyiha ishga tushishi natijasida 50 ta yangi ish o’rni yaratildi. Restoranning yana bir o’ziga xosligi shundaki, halol sertifikatini olish borasida ham amaliy ishlar boshlangan.
Shuningdek, gastronomik ko‘chada 22 ta do‘kon va 50 ta ko‘chma savdo shaxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida 190 ta yangi ish o‘rni yaratilishini ham ta’minlaydi.
