So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O'zbekiston MDH ziyolilarining navbatdagi forumiga mezbonlik qildi
Forum doirasida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida MDH Yoshlar simfonik orkestrining konsert dasturi bo'lib o'tdi.
12–13-dekabr kunlari Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, mahalliy va xorijiy oliy o'quv yurtlari rahbarlari, chet ellik soha mutaxassislari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

"Gumanitar hamkorlik: 30 yillik tajriba va rivojlanish istiqbollari" mavzusiga bag'ishlangan forumda rivojlanish va o'zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, forum doirasida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida MDH Yoshlar simfonik orkestrining konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Forum davomida har yili fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, gumanitar yoʻnalishda samarali faoliyat olib borib, Hamdoʻstlik rivojiga munosib hissa qoʻshayotganlar alohida eʼtirof etildi. Xususan, joriy yilda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Tojikiston, Belarus, Qozogʻiston, Moldova, Qirgʻiziston vakillari “Hamdoʻstlik yulduzlari” va “Hamdoʻstlik debyutlari” xalqaro mukofotlari bilan taqdirlandi.



Quvonarlisi, Oʻzbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov va “Profi Solushns” kompaniyasi arxitektor-dizayneri Ikrom Haydarov ham e'tirof etilganlar qatoridan o‘rin oldi.

Anjuman davomida MDH davlatlaridan kelgan 200 dan ortiq soha mutaxassislari va mahalliy mutaxassislar o'rtasida fan, ta'lim, sport, turizm va boshqa sohalardagi rivojlanish borasida fikr almashildi, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash va boshqa dolzarb masalalar bo'yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, sohalarni rivojlantirish uchun qilinajak ishlar yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.