So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Toshkentda turizm va mehmondoʻstlik sohasiga bagʻishlangan GEW-2022 VI Global tadbirkorlik haftaligi boshlandi
Toshkentda turizm va mehmondoʻstlik sohasiga bagʻishlangan GEW-2022 VI Global tadbirkorlik haftaligi boshlandi.
Bugun, 12-dekabr kuni Toshkentdagi TEAM universitetida “GEW-2022” VI Global tadbirkorlik haftaligi (Global entrepreneurship week) boshlandi. Bu yilgi haftalik “Turizm va mehmondoʻstlik sohasidagi tadbirkorlik” mavzusiga bag’ishlanmoqda.
Haftalikning ochilish marosimida Turizm va madaniy meros vaziri o’rinbosari Nusratilla Zikrillayev, GEN Uzbekistan direktori Hikmat Abdurahmonov, Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zehavit Ben-Hillel, TEAM universiteti bosh direktori Abdurasul Yusupov, TEAM universiteti dekani Erdogan Ekiz, shuningdek, davlat idoralari, tijorat tashkilotlari, universitetlar, moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, talabalar va boshqa manfaatdor shaxslar ishtirok etmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan Turizm va madaniy meros vaziri o’rinbosari Nusratilla Zikrillayev Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov nomidan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.
“Maʼlumki, turizm sohasi davlatimiz rahbari tomonidan Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilanib, sayohatlarni ragʻbatlantirishning “cashback” va “tax-free” tizimlari, shuningdek, biznesni yuritish tartib-qoidalarini soddalashtirish.mexanizmlari joriy etilmoqda.
Tadbirkorlik haftaligi axborot almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar, turizm va mehmondo‘stlik sohasida yangi o‘sish nuqtalari va yo‘nalishlarini aniqlash uchun muhim maydondir”.
Tadbir davomida Hikmat Abdurahmonov, Zehavit Ben-Hillel va Abdurasul Yusupovlar yosh tadbirkorlarga ma’ruzalar qilishdi va o’z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida “O'zbekistonda turizm va mehmondo'stlikni boshqarish sohasidagi hozirgi tendentsiyalar va istiqbollar: hukumat, biznes hamjamiyat va investorlar nuqtai nazari” mavzusida panel muhokamasi va “Samarqand turistik forumi turizm sohasida fikr almashish uchun rivojlanayotgan platforma sifatida” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda ushbu tashabbus GEN Uzbekistan tomonidan oltinchi bor tashkil etilmoqda va haftalikning asosiy tashkilotchilari va mezbonlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda TEAM universiteti hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, haftalik davomida 10 dan ortiq tadbirlar: muhokamalar, treninglar, mahorat darslari va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etiladi.
“GEW-2022” 6-Global tadbirkorlik haftaligi 16-dekabrgacha davom etadi.