So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"TXTY–2022": Namangan viloyati 7,916 million dollarlik shartnoma imzoladi
Viloyatga investitsiya kiritish boʻyicha ikki tomonlama memorandumlari imzolandi. Ushbu tadbirda dunyoning 30 mamlakatidan 300 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etishdi.
“O‘zEkspoMarkaz” Milliy ko'rgazmalar majmuasida “Ipak yo'lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim davomida, Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari B.Shaxriyorov so‘zga chiqib, Yarmarkani yuqori saviyada tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, Respublikamiz viloyatlaridan, xorijiy davlatlardan, tashrif buyurgan martabali mehmonlar ham minbarda chiqish qilib, samimiy mehmondo‘stlik va yuqori darajada tashkilotchilik uchun Yarmarka tashkilotchilariga o‘z samimiy tilaklarini bildirishdi.

Shundan so‘ng Yarmarkada ishtirok etganlarni turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan viloyati stendi “Milliylikni uyg‘unlashtirgan stend” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Mazkur ko‘rgazmada 22 dan ortiq turfirmalar, 15 ga yaqin mehmonxona, restoran, hunarmandlar, Namangan davlat Muzeyi xodimlari o‘z eksponatlari bilan va boshqa turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ishtirok etishdi.

Namangan viloyatining eko turizm, ziyorat turizm, gastronomik turizm, turistik dam olish maskanlari, ko‘ngil ochar maskanlari, ekstremal turizm obyektlariga qiziqish bildirgan va aynan shu turizm turlarini rivojlantirish va investitsiya kiritish bo'yicha kelishuvlariga erishildi.

Yarmarka doirasida 2023-yilning yanvar oyidan boshlab Namangan viloyatiga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Koreya, Rossiya, Malayziya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan 1,5 millionga yaqin sayyohlarni jalb qilish kelishuvlariga erishildi.


Viloyatga investitsiya kiritish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlari imzolandi. Ushbu tadbirda dunyoning 30 mamlakatidan 300 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Namangan viloyati turkompaniyalar mehmonxonalar muzeylar boshqa turdagi turizm turlari bo‘yicha 2 kun mobaynida jami kelishuvlar 952 ta, 7,916 AQSH dollarlik shartnoma imzolandi.


