So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekistonda turizm turlarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
Panel sessiyada tashrif buyuruvchilarga noyob kitoblar, esdalik sovg‘alari, ma’ruzachilarning qo‘llanmalari topshirildi.
Toshkent shahrida “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida “O‘zbekistonda turizm turlarini rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Panel sessiyada ma’ruzachilar sifatida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (MFСА) Loyihasini amalga oshirish agentligi, Vladimir viloyati madaniyat boshqarmasi (Rossiya), “Amirsoy Resort” kurorti, “AKFA Medline” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, “Wellness Park Hotels” butik mehmonxonalari, “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuasi, Dubay hukumatining Rossiya Federatsiyasidagi Turizm va tijorat marketingi departamenti vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur sessiyada O‘zbekistonni yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib etishning asosiy masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish uchun turizmning turlarini rivojlantirish bu boradagi ishlarda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, sessiyada 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Unda tarixiy-ma’rifiy, ekologik, davolash-sog‘lomlashtirish, tog‘-chang‘i turizmini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalar ko‘tarilib, turizmning yangi yo‘nalishlari, sohadagi dolzarb muammolar belgilab olindi, yangi maskanlar salohiyati baholandi, mazkur yo‘nalishda taqdim etilayotgan imtiyozlar belgilandi.
“Yangi O‘zbekistonda davlat tomonidan MICE turizmiga alohida e’tibor qaratilmoqda, buning natijasida mamlakatingiz yangi ilg‘or bosqichga ko‘tarila boshladi, o‘zining sayyohlik salohiyatini jahon hamjamiyatida namoyish etmoqda. Shu bilan birga, “Ipak yo‘lidagi turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi turizm industriyasidagi eng yirik tadbirlardan biridir”, – dedi MFСА agentligi rahbari Vadim Sokolov o‘z nutqida.
“Amirsoy” dam olish maskani tijorat direktori Davronbek Niyozov esa “Bugun O‘zbekiston ko‘plab sayyohlar uchun tog‘-chang‘i uchish joyiga aylangani”ni qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, xorijiy vakillar Anna Yastrebova va Andrey Sotnikov BAA, Rossiya kabi mamlakatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashtirgan holda, mamlakat sayyohlik salohiyatini rivojlantirishning yangi tendensiyalarini taklif qildi.
Panel sessiyada tashrif buyuruvchilarga noyob kitoblar, esdalik sovg‘alari, ma’ruzachilarning qo‘llanmalari topshirildi. Qolaversa, sessiya yakunida ochiq B2B uchrashuvlari o‘tkazilib, memorandumlar imzolandi.