So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
TXTY – 2022: Farg‘ona viloyati o‘n besh million dollarlik shartnoma imzoladi
Ko‘rgazma davomida turizm sohasi vakillari va soha tadbirkorlari tomonidan 2000 dan ortiq turizm salohiyatini aks ettiruvchi mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmat turlari bo‘yicha targ‘ibot bukletlari tarqatildi.
“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent Xalqaro turizm yarmarkasida Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilish orqali kelgusi yillarda mahalliy va xorijiy turistlar oqimini 2 barobarga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi va 42 nafar turizm sohasi tadbirkorlari (22 ta mehmonxona 20 turoperatorlik korxonalari) ishtirok etishdi.
Ko‘rgazma davomida turizm sohasi vakillari va soha tadbirkorlari tomonidan 2000 dan ortiq turizm salohiyatini aks ettiruvchi mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmat turlari bo‘yicha targ‘ibot bukletlari tarqatildi.

Shuningdek, respublikaning yetakchi turistik korxonalari bilan 551 dan ortiq yangi bitim kelishuvlarga erishildi. Ushbu kelishuvlar summasi jami qariyb 15 mln. dollarni tashkil etmoqda. Jumladan, “DILRABO TOURISM AND LOGISTICS” MCHJ, “Farg‘ona Vodiy sayyoh” hamda “Kokand tourism” turoperatorlik korxonalari tomonidan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Malayziya davlatlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, kirish va chiqish turizm yo‘nalishlari bo‘yicha bitim kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, Qozog‘iston bilan hunarmandchilik yo‘nalishida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 2-dekabrgacha davom etadi.