So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Aziz Abduhakimov Ibbotson bilan uchrashdi
O‘zbekiston haqida katta bilimga ega bo‘lgan S.Ibbotson 2019-yildan buyon O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi hisoblanadi.
30-noyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston haqida katta bilimga ega bo‘lgan S.Ibbotson 2019-yildan buyon O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi hisoblanadi. U Britaniyaning eng nufuzli sayyohlik nashri bo‘lgan “Bradt Travel” uchun O‘zbekiston bo‘yicha qo‘llanma muallifidir.
Ta’kidlash kerakki, Sofi Ibbotson joriy yilning 30-noyabr kuni boshlangan “Ipak yo‘lidagi turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida spiker sifatida ishtirok etish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan turizm sohasidagi eng so‘nggi islohotlar va yangi qurilgan turistik inshootlar bilan yaqindan tanishish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston xabardorligini Buyuk Britaniya va Yevropa mamlakatlarida ommalashtirish, turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, xususan, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasidagi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Shu bilan birga, turizm sohasidagi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning nufuzini oshirish, shu jumladan, Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga britaniyalik professorlarni jalb qilish, 2023-yilda Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlarining yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil etish, O‘zbekistonning turistik shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun xorijiy loukoster aviakompaniyalarini jalb qilish, shuningdek, Samarqand shahri – “Yangi Oʻzbekiston turizm darvozasi” tashabbusini ilgari surgan holda, xorijda keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.