So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Tojikiston turizmni rivojlantirish borasida O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda” — Tojiddin Jo‘razoda
Joʻrazoda Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi amaliy va aniq maqsadlarga qaratilgan hamkorlik juda mustahkam ekanligini alohida aytib oʻtdi.
30-noyabr kuni “Ipak yo‘lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etayotgan Tojikiston Respublikasi Hukumati qoshidagi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Tojiddin Jo‘razoda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Tojiddin Jo‘razoda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi amaliy va aniq maqsadlarga qaratilgan hamkorlik juda mustahkam ekanligini alohida aytib o‘tdi.
Qolaversa, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Bitta tur – butun hudud” dasturi asosida Markaziy Osiyoni xorijiy bozorlarda yagona turizm maskani sifatida targ‘ibot qilish o‘z samarasini berayotgani va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish lozimligini taʼkidlashdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida keyingi yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan alohida ko‘rgazma tashkil etish maqsadga muvofiqligi bildirildi.
“Bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo uchun tarixiy hodisadir. Shuning uchun biz o‘zbekistonlik birodarlarimiz bilan yelkama-yelka turib, Bosh assambleya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bor kuchimizni safarbar qilishga tayyormiz”, – dedi T. Jo‘razoda.
T. Jo‘razodaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Tojikistonda turizm sohasida qator reformalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda va shu maqsadda, hududda turizm sohasida yetakchi bo‘lgan O‘zbekistonning tajribasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, turizm sohasida davlat boshqaruvi, mehmonxona va boshqa turdagi joylashtiruv vositalari, sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar sifatini oshirish mexanizmlari, kadrlarni tayyorlash tizimi yaqindan o‘rganilmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma turistik yo‘nalishlar bo‘ylab ikki tomon mutaxassislarini jalb qilgan holda ekspeditsiya tashkil etish, turizm taʼlimi va hunarmandchilik sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, talabalar almashinuvi va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, infoturlar tashkil etishga kelishib oldilar.
